14 dek 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Aliasxab Xizriev Mahmud Muradov bilan jangiga Nurmagomedovlar bilan birga tayyorgarlik ko'rmoqda + FOTO
Xabaringiz bor, o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Muradov navbatdagi jangini rossiyalik Aliasxab Xizrievga qarshi o'tkazadi.
Hamyurtimizning bo'lajak raqibi ayni paytda jangga tayyorgarlikni Nurmagomedovlar bilan birgalikda olib bormoqda. Mahmud Muradov esa mazkur jangga odatdagidek Polshadagi "Ankos MMA" zalida mashg'ulot olib boryapti.
Jang 2024 yilning 4 fevral kuni Las-Vegas (AQSH) shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night turniri doirasida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov UFC'dagi so'nggi jangini 2023 yil iyul oyida amerikalik Brayan Barberenaga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi. Aliasxab Xizriev esa ligada hozircha bitta jang o'tkazgan. U o'zining debyut jangida hamyurti Denis Tyulyulinni dog'da qoldirgan.

Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
14:41
UFC 324 turnirini oktagon chetida tomosha qilgan chempionlar va ularning rafiqalari + FOTOGALEREYA 0
Fikrlar