25 iyu 15:52
Yangiliklar
Futbol
Allegriga 30 millionlik taklif tushdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Saudiya Arabistonida ish boshlashi mumkin.
Gap "Al Ahli" yoki "Al Hilol" haqida ketmoqda. Iyun oyining o'rtalarida mutaxassisga yiliga 20 mln evrolik taklif berilgandi. Biroq keyinchalik bu summa 30 mln evroga ko'tarildi.
Allegrining "Yuventus" bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bor. O'tgan mavsumda moliyaviy qallobliklar sababli 10 ochkosi olib tashlangan jamoa 7-o'rinda yakunladi.
Havola :
Manba : twitter.com/FabrizioRomano
Fikrlar