17 sen 08:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares Golovkinga qarshi uchinchi jangga rozilik berdi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBC, WBA, IBO hamda The Ring jurnali tasis etgan chempionlik kamalarining yangi sohibi Saul Alvares qozog'istonlik Gennadiy Golovkinga qarshi uchinchi jangini o'tkazishga rozilik berdi.
Endilikda sobiq jahon chempioniga aylangan Golovkin revansh jangida 114-114, 115-113, 115-113 hisobida meksikalik bokschiga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
“Agar Golovkinning jamoasi uchinchi jang o'tkazilishini istasa, biz bunga tayyormiz. Bu masalada hech qanday muammo bo'lmaydi. Lekin ayni paytda men chempionlikni do'stlarim, yaqinlarim, jamoam va oila azolarim bilan biga nishonlashim kerak”, – dedi Alvares.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar