06 noy 09:06
Yangiliklar

Alvares Plantdan 0,5 kg og'ir chiqdi. Ko'z urishtirish marosimida sal qolishiga sal qoldi + FOTO
Oqshomning markaziy jangi WBA, WBO va WBC yo'nalishlari chempioni Saul "Kanelo" Alvares hamda IBF chempioni Kaleb Plant o'rtasida o'tkaziladi. G'alaba qozongan taqdirda Alvares ikkinchi o'rta vaznda mutlaq jahon chempioniga aylanadi.
Kecha bokschilar ananaga ko'ra rasmiy tarozidan o'tish hamda ko'z urishtirish marosimlarida o'zaro to'qnash kelishdi. Alvares tarozida raqibidan 0,5 kg og'irroq tosh bosdi: Alvares — 76,2 kg, Plant — 75,7 kg.
Ko'z urishtirish marosimida bokschilar bir-birlarini kurakda turmaydigan "shirin" so'zlar bilan siyladilar va dahanaki jangga kirishib ketishlariga bir bahya qoldi.
Ushbu jangni Toshkent vaqti bilan soat 06:00dan boshlab Rossiyaning «Match TV» va «Match! Boec» telekanallarida tomosha qilishingiz mumkin. SHuningdek, DAZN striming servisi ham boks oqshomini translyaciya qiladi.
Fikrlar