26 sen 10:52
Yangiliklar

AMC Fight Nights chempioniga "povestka" keldi, uning ukasi shu urushda halok bo'lgandi
Kuni kecha Rossiya Federaciyasi Prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushga safarbarlik haqidagi farmoni imzolangandi. Unga ko'ra, Mineevga ham chaqiruv qog'ozi kelgan. Vladimir o'tgan yilgacha shartnoma asosida Ulyanovskdagi 31-alohida havo hujumi gvardiyasi brigadasida desant sifatida harbiy xizmatni o'tagan edi.
"Ha, menga chaqiruv qog'ozi keldi. SHu kunlarda voenkomat, yani harbiy ro'yxatga olish idorasiga boraman. Afsuski, mening ukam Gostomelda Ukraina bilan urushda halok bo'ldi. Hozir men to'rt oilaga bosh bo'lib turgan yagona erkakman. Jiyanlarim, yani ukamning ikki farzandi, birinchi oilamdan qolgan qizim, hozirgi oilam, onam va buvim mening qaramog'imda qolishgan. Lekin urushdan qochish haqida o'ylamayapman. CHaqiruv qog'oziini olib, harbiy idoraga boraman. U erda hammasi hal bo'ladi", - deya Match TV telekanaliga intervyu bergan Mineev.
Fikrlar