29 may 17:53
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/39556_220.jpg)
Amerikalik MMA jangchisi Jeff Monson Rossiya fuqaroligini oldi
Aralash qoidalar bo'yicha amerikalik mashhur sportchi Jeff Monson Rossiya pasportiga ega bo'ldi.
Yaqinda professional sportchilik faoliyatini yakunlagan Monson tez orada Rossiyada bolalar sportini rivojlantirish maqsadida ish boshlamoqchi. Aynan shu sabab u Rossiya fuqaroligini oldi.
“1971 yilning 18 yanvar kuni AQSHda dunyoga kelgan Monson Jeffri Uilyamsga Rossiya Federaciyasi fuqarosi maqomi berilsin”, - deyiladi Rossiya Federaciyasi Prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan Qarorda.
RF Prezidenti Qarori kecha imzolangandi. Bugun esa bu haqdagi meyoriy hujjat Davlat portalida elon qilindi.
Havola :
Fikrlar