24 iyu 10:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Ankalaev Guskov ustidan g'alaba qozonsa, keyingi taqdiri qanday kechishini taxmin qildi
UFC yarim og'ir vazn toifasining sobiq chempioni, rossiyalik Magomed Ankalaev 25 iyul kuni Abu-Dabi (BAA)da bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 282 turnirida o'zbekistonlik Bogdan Guskovga qarshi bo'ladigan jangidan keyingi istiqbollari haqida gapirdi.
«Amaldagi chempion hali qaytmaydi, uning tiklanishi uchun yana ancha vaqt kerak. UFC qanday taklif beradi — buni ko'ramiz. Balki top-5likdagi raqiblardan biri yoki yuqoriga ko'tarilganlardan, masalan, Kosta yoki Uittaker bilan jang qilish qiziq bo'lardi. Ular bilan hali to'qnash kelmaganman. Asosiy maqsadim — chempionlik kamari uchun jang qilish. Ammo chempion hozircha oktagonga qayta olmayotgan ekan, divizionni «tozalash»da davom etamiz», — dedi Ankalaev MMAJunkie nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda UFC yarim og'ir vazn toifasining amaldagi chempioni yangi zelandiyalik Karlos Ulberg hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar