So’nggi yangiliklar

07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0

01 avg 14:34
Yangiliklar

Boks/MMA

AQSH Senatiga professional boksni UFC modeli asosida isloh qilish bo'yicha qonun loyihasi kiritildi

AQSH Senatiga rasman "Muhammad Ali nomidagi Amerika boksini qayta tiklash to'g'risida"gi (Muhammad Ali American Boxing Revival Act) qonun loyihasi kiritildi.

Ushbu loyiha professional boksni hozirda UFC`da qo'llanilayotgan modelni joriy etish orqali isloh qilishga qaratilgan. Uning tashabbuskorlaridan biri UFC rahbari Dana Uayt hisoblanadi.

Qonun loyihasining asosiy maqsadi "Birlashgan boks tashkilotlari"ni (United Boxing Organizations — UBO) yaratishdan iborat. Ular jangchilar bilan eksklyuziv shartnomalar imzolash, reytinglarni mustaqil yuritish va o'z chempionlik unvonlarini o'ynash huquqiga ega bo'ladilar. Mualliflarning fikricha, bunday yondashuv hozirda chempionlik unvonlari va reytinglarning tarqoq tizimi tufayli qiyinlashgan yirik janglarni tashkil etishni rag'batlantiradi.

Loyiha mualliflaridan biri, respublikachi senator Ted Kruz shunday dedi: "Yigirmanchi asrda boks bizga butun mamlakatni hayajonga solgan mashhur shaxslar va chempionlik janglarini taqdim etgan... Ammo bugungi kunda juda ko'p yirik janglar o'tkazilmay qolmoqda, chunki sport tarqoq tizim garoviga aylangan. Bu qonun shov-shuvli janglarni qaytaradi va boksni yana buyuk qiladi".

Ushbu qonun loyihasining birinchi versiyasi avvalroq Kongressda tinglovlardan o'tgan edi, biroq Senat varianti undan bir qator farqlarga ega. Xususan, endilikda bokschining UBO bilan tuzadigan birinchi shartnomasi uch yildan ortiq muddatga bo'lishi mumkin emas. SHuningdek, Senat versiyasi UBO`ga boshqa sankciyalovchi tashkilotlarning unvonlari va reytinglarini tan olishga ruxsat beradi hamda vazn toifasida bitta unvon bilan cheklanish qoidasini bekor qiladi.

Avvalroq professional bokschi va Muhammad Alining nabirasi Niko Ali Uolsh qonun loyihasiga qarshi ochiq chiqish qilgan edi. "Ali qonuni oddiy tamoyilga asoslangan edi, — dedi u tinglovlarda. — Jangchilarni nazorat qiluvchi shaxslar shu jangchilar bog'liq bo'lgan butun bozorni ham nazorat qilmasliklari kerak. Manfaatlar to'qnashuvi va ekspluataciyaning oldini olish uchun ajratish mavjud. Yangi qonun bir subektga promouter, menejer va tashkilotchi sifatida ishlashga ruxsat berib, bu tamoyilni barbod qiladi. Bu mustaqillikni yo'q qiladi".

Endilikda qonun loyihasi bir necha bosqichli kelishuv va tuzatishlar kiritish jarayonidan o'tishi kerak (bu yanvarm oyi boshigacha amalga oshirilishi lozim). Agar Senat yakuniy versiya uchun ovoz bersa, u imzolash uchun prezident Trampga yuboriladi. Qonun imzolanganidan 180 kun o'tgach kuchga kiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing