05 noy 15:33
Yangiliklar

Arman Dikiy jahon chempionatida nima qilyapti? Avtoritetning o'zi javob berdi
CHempionat davomida qozoq bokschilarini har tomonlama qo'llab kelayotgan kriminal avtoritet Arman Dikiy ko'pchilikni qiynayotgan savolga javob berdi.
«Internetda video tarqaldi va savollar boshlandi, Arman jahon chempionatida nima qilyapti? Men chempionatda AIBA mehmoniman. Allohning izni bilan bokschilarimizni qo'llab-quvvatlayapman.
Kecha men yutqazgan yigitlarga pul berganim haqida shov - shuv boshlandi. Bu cho'ntagimdagi pul, shu orqali yigitlarni qo'llab - quvvatlamoqchi edim. Jamoada 18 yoshli yigitlar bor, hali yana boshqa musobaqalar bo'ladi. Ular ko'ngillarini tushirmasliklari kerak, negaki, ular mag'lub bo'lishmadi.
Afolatsiz hakamlik tufayli xafa bo'lib boksni tark etish holatlari bo'lmasligi lozim. Bu yaxshi niyatda amalga oshirildi. Har bir qozoq men uchun qadrli, yigitlarga yordam berishdan minnatdorman. Yagona maqsadimiz - yurtimiz shani va madhiyamizni butun dunyoga yangratish», - deya Qozog'iston terma jamoasiga murojaat yo'lladi Dikiy.
Fikrlar