22 iyu 11:16
Yangiliklar
Futbol
"Arsenal" va Adidas dizayndagi xato sabab liboslar sotuvini to'xtatdi
"Arsenal" va Adidas dizayndagi xatolik sabab liboslar sotuvini to'xtatdi.
Yangi libos "Arsenal" APLda mag'lubiyatsiz o'ynagan 2003/04 yilgi mavsumning 20 yilligiga bag'ishlab chiqarilgandi.
Libosda jamoaning har bir o'yindagi natijalari ketma-ketligi qo'yilgan. W - g'alaba, D - durang. Biroq dizaynerlik xatosi sabab u erdan 38 ta emas, 32 ta o'yin natijasi o'rin olgan.
SHu sababli, "Arsenal" ushbu liboslar sotuvini to'xtatganini elon qildi.
Adidas kompaniyasi esa ushbu xatoni to'g'irlab, libos xarid qilgan muxlislarga pul qaytarib berilishini malum qildi.
Havola :
Manba : The Athletic
Fikrlar