25 may 12:41
Yangiliklar
Futbol
Arteta sportdagi kumirlarini aytdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta bolaligidan sport olamida kimlardan xayratlanganini ochiqladi.
"Mening kumirlarim ko'p edi. Futbol olamida ulardan biri uzoq vaqt davomida Diego Maradona, Mikael Laudrup, "Drim-tim" paytida Pep Gvardiola bo'lgan. Basketbolda Maykl Jordan va tennisda Rafael Nadal.
Nafaqat g'alaba qozonish mentaliteti, balki g'alaba qozonish va yutqazishda ham ularning o'zini qanday tutishi qiziq edi. Bu sizni bolalikdan to'g'ri yo'lga soladigan narsa", – dedi Mikel Arteta "Paramount México"ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" joriy mavsumda APLda chempionlik poygasida mag'lub bo'ldi. Biroq "kanonirlar" etti yil davomida oltinga jiddiy davo qilishmagandi.
Havola :
Fikrlar