19 iyu 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Artur Beterbiev jahon chempionlari orasida bunday ko'rsatkichga ega yagona bokschi!
37 yoshli jahon chempioni Artur Beterbiev bugun Jo Smitni ikkinchi raundda nokaut qilishga erishdi.
Bu rossiyalikning professional faoliyatidagi 18-jangi bo'ldi. Qizig'i, Artur barcha janglarida raqiblarini muddatdan avval nokaut qilishga erishgan yagona amaldagi chempion hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Beterbiev Smitni mag'lub etganidan so'ng navbatdagi jangini WBA kamari sohibi Dmitriy Bivolga qarshi ringga ko'tarilish niyatida ekanligini malum qildi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar