So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

12 jan 14:30
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Australian Open-2019. Federer - Istomin. Oradan 13 yil o'tib! (prevyu)

Assalomu alaykum qadrli tennis muxlislari! Mana yangi mavsumni ham boshlab oldik.

To'g'risini aytsam dekabr oyi men uchun bir yilday o'tdi...

Yangi mavsum har doimgidek Avstraliya turnesidan boshlanadi. Ikki haftalik chigalyozdi turnirlardan so'ng nihoyat yilning ilk "Ulkan toj" turniri - Avstraliya ochiq chempionatiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Kuni kecha musobaqaning asosiy to'riga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Bu qura shveycariyalik Rodjer Federer uchun biroz omadsiz keldi... Sababi, u musobaqaning dastlabki bosqichida O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istominga qarshi kortga chiqadi :)

Denis Istomin mavsumni Hindistonning Puna shahrida bo'lib o'tgan ATP 250 turnirida boshladi va dastlabki davradayoq saralash bahslaridan o'tib kelgan italiyalik 33 yoshli Simone Bolelliga 4/6, 4/6 hisoblarida mag'lubiyatga uchradi. Mavsumning ikkinchi haftasida esa musobaqalarda ishtirok etmadi.

Rojer Federer mavsumni ko'rgazmali "Xopman Kubogi" turnirida boshladi. Federer ushbu musobaqada to'rt marta kortga chiqdi. U turnir davomida britaniyalik Kemeron Norri,  AQSH vakili Frensis Tiafo, greciyalik Stefanos Cicipas va nihoyat hal qiluvchi final bahsida germaniyalik Aleksandr Zverevni mag'lub etib, musobaqa chempioniga aylandi. Federer o'zining 37 yoshida ham qanday sport formasida ekanligini ommaga ko'rsatib qo'ydi.

Endi bevosita o'zaro uchrashuvlar statistikasiga keladigan bo'lsak. Istomin va Federer umumiy hisobda olti marotaba kortda to'qnash kelishgan.

Etiborlisi, bu tennischilarning ilk to'qnashuvi 2006 yilgi mavsum boshida, aynan Avstraliya ochiq chempionatining ilk davrasiga to'g'ri keladi. O'sha paytda Rojer dunyo reytingini boshqarib turgandi va 19 yoshli Istominni ortiqcha qiyinchiliklarsiz 6/2, 6/3, 6/2 hisobida mag'lub etadi.

Ikkinchi to'qnashuv 2010 yil Cincinatidagi "Masters" musobaqasining ikkinchi davrasiga to'g'ri keladi. Bu erda hisob 5/2 ko'rinishida Federer foydasiga bo'lib turgan bir paytda Istomin uchrashuvni davom ettira olmasligini bildiradi.

2012 yilning 1 avgust kuni tennischilar Londondagi Olimpiya o'yinlarining uchinchi davrasida to'qnash kelishadi. Bu bahsni Federer 7/5, 6/3 hisobida o'z foydasiga hal qiladi. Keyinchalik Rojer finalga qadar etib boradi va mezbon Endi Marreyga 2/6, 1/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medal egasiga aylanadi.




Tennischilar bir yil o'tib Indian-Uells "Masters"ining ikkinchi davrasida to'qnash kelishadi. Bu safar xamyurtimiz juda osonlik bilan - 6/2, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchraydi. Uchrashuv bor yo'g'i 59 daqiqa davom etadi.

O'sha yili mavsum so'ngida Bazelda bo'lib o'tgan turnirning ikkinchi davrasida tennischilar salkam ikki soatlik uchrashuv o'tkazishadi. 1 soatu 52 daqiqa davom etgan o'yinda hisob 4/6, 6/3, 6/2 ko'rinishida Federer foydasiga hal bo'ladi.

SHuningdek kelasi yil, yani 2014 yilda, aynan Bazelda va yana ikkinchi davrada yana uch setlik bahs bo'lib o'tadi. Hisob 3/6, 6/3, 6/4 Rojer foydasiga. Ohir-oqibat Rojer o'sha turnir chempioniga aylanadi. Demak, umumiy xisob 6:0 Federer foydasiga.

Mana oradan 13 yil o'tib Federer hamda Istomin yana Avstraliya ochiq chempionatining ilk davrasida bir-birlariga qarshi kortga chiqishadi.


Mana shu o'tgan davr ichida nimalar o'zgardi?

Federer uchun deyarli xech narsa. Uni yaxshi bilamiz, har qanday turnir oldidan musobaqada chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri hisoblanadi. U 20 ta "Katta Dubulg'a" musobaqalari, umumiy 99 bor ATP musobaqalari chempionidir.


Birinchi raketkamiz Denis Istomin haqida ham ikki og'iz gapirib o'tsak. Hamyurtimizning Federer bilan oxirgi uchrashuvidan so'ng mana 4 yildan ortiq  vaqt o'tibdi. Bu vaqt orasida Istominning faoliyatida ijobiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Ikki bor ATP musobaqalarida g'alaba nashidasini surdi. Xuddi mana shu kortlarda Novak Jokovichni dramatik uchrashuvda, besh setda mag'lub etib, tennis olamida katta shov-shuvga sabab bo'lgani hamon tennis muxlislarini ko'z oldida bo'lsa ajab emas...



Husniddin Mirzaliev


Tennis yangiliklarini kuzatib boring

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing