28 sen 15:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov AQSHda mezbon bokschiga qarshi jang qiladi
Jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda prof ringda faoliyatini davom ettirayotgan bokschimiz Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 29 sentyabr (Toshkentda 30 sentyabr) kuni AQSHda o'tkazadi.
Professional boksdagi ikkinchi jangida hamyurtimizga mezbon bokschi Tomas Xaukins raqiblik qiladi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
Malumot uchun, Bahodir may oyida professional ringdagi debyutini nishonlagan va o'shanda Ugo Truilioni nokaut evaziga mag'lub etgandi. Tomas esa 7ta jang o'tkazib, ularning to'rttasini o'z foydasiga hal qilgan (1tasida nokaut evaziga g'alaba qozongan). Uchta jangda esa mag'lubiyatga uchragan (1ta jangda nokaut bo'lgan).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar