07 okt 12:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov ishtirok etadigan boks oqshomi uchun barcha chiptalar sotib bo'lindi
15 oktyabr kuni Liverpulda katta boks oqshomi bo'lib o'tadi.
"Eventim Olympia" arenasida bo'lib o'tuvchi boks oqshomi uchun barcha chiptalar sotib bo'lindi.
Ushbu boks oqshomida o'zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov (11-0) ham navbatdagi jangini o'tkazadi. Unga o'sha kuni argentinalik Ariel Esteban (11-10) raqiblik qiladi.
Probellum promouterlik kompaniyasi Bahodir bilan jangni 20 dan ortiq bokschi rad etgani va aynan Ariel Esteban ushbu jangga rozi bo'lganini yozgan edi.
Ilgariroq, Bahodir Jalolov Jo Joys bilan jang qilish istagini bildirgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar