13 iyu 13:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov navbatdagi jangini super boks kechasida o'tkazishi mumkin
Superog'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov navbatdagi jangi haqida gapirdi.
"Navbatdagi jangim sentyabr oyining oxirlarida o'tkaziladi deyishyapti. Albatta, buni vaqt ko'rsatadi. Saudiya Arabistonida tashkil etiladigan Usik - Joshua oqshomida ham ringga ko'tarilishim mumkin. Ushbu jang avgust oyida o'tkazilishi ham mumkin ekan. Agar avgust oyida bo'lsa, tayyorgarlik masalasida ulgurmayman.
Ko'ramiz, menejerlarimiz bilan kelishib barchasini hal qilamiz. Agar o'xshasa, Usik - Joshua oqshomida ringga ko'tarilaman", - dedi Jalolov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar