30 sen 08:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov prof ringdagi ikkinchi jangini o'tkazdi
Bokschimiz Bahodir Jalolov professional ringdagi ikkinchi jangini o'tkazishi haqida xabar berib o'tgandik.
Jangga oz vaqt qolganida uning raqibi o'zgardi. Bahodir avval malum qilinganidek mezbon bokschi Tomas Xaukinsga qarshi emas, meksikalik charm qo'lqop ustasi Eduardo Vitelaga qarshi ringga ko'tarildi.
Etiborlisi, Jalolov jangning birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va professional ringdagi ikkinchi jangida ikkinchi g'alabasini nishonladi.
Eduardo Vitelaning prof boksdagi janglari soni 6taga etdi. U bungacha 3ta g'alaba (2tasi nokaut) va 3ta mag'lubiyat (2tasi nokaut) qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar