01 okt 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolovning raqibi malum
Professional bokschimiz Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi malum bo'ldi.
Jalolov navbatdagi jangini 15 oktyabr kuni Londonda o'tkazishi haqida avvalroq xabar bergan edik.
Bokschimizning murabbiyi bo'lmish To'lqin Qilichevning Olamsport.com caytiga malum qilishicha, 15 oktyabr kuni Bahodir Jalolovga argentinalik Ariel Esteban Brakamonte raqiblik qiladi. Argentinalik bokschi prof ringda 21 ta jang o'tkazib, ularning 11 tasida g'alaba qozongan. Qolgan 10 ta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. O'ng tomonda: Ariel Esteban Brakamonte
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar