10 may 11:33
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" bugun Serxio Busketsning ketishini rasman elon qiladi
“Barselona” yarim himoyachisi Serxio Buskets jamoani tark etishga qaror qildi.
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.
“Barselona” rasman Busketsning ketishini bugun klub elon qilishi kutilmoqda. Ispaniyalik yarim himoyachiga AQSH va Saudiya Arabistonidan takliflar bor. Futbolchining o'zi faoliyatini Saudiya klubida davom ettirishdan manfaatdor. Ispaniyalik futbolchining “Barselona” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Oldinroq Buskets Saudiya Arabistoni klubida Lionel Messi bilan yana birlashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Buskets “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2008 yildan buyon “Barselona” libosida harakat qiladi.
Havola :
Fikrlar