03 noy 10:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Belgrad. Qozog'iston mag'lubiyat uchun apellyaciya berdi
Qozog'iston terma jamoasi mag'lubiyatga uchragan bokschisi uchun "protest" yozdi.
Qozog'iston terma jamoasi chorak final doirasidagi Sanatali Toltaevning shotlandiyalik Riz Linchga qarshi jangidagi hakamlar qarori ustidan shikoyat qildi. Bu haqida Qozog'iston terma jamoasi murabbiyi Baxtiyar Artaev "Instagram" sahifasida yozdi.
Eslatib o'tamiz, 63,5 kg vazn toifasi 1/4 finalida Toltaev va Linch o'rtasidagi jang shotlandiyalik bokschining bahsli g'alabasi bilan yakunlangan edi - 3:2. Bu bilan Qozog'iston terma jamoasi Belgradda bo'lib o'tayotgan boks bo'yicha jahon chempionatida oltinchi bokschisini "boy" berdi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar