03 okt 08:01
Yangiliklar

Bellator 286: Pitbul kamarini himoya qildi, Mamedovda g'alaba va boshqa natijalar
Bellator 286 oqshomining markaziy jangida yarim engil vazn toifasida amaldagi Bellator chempioni Patrisio "Pitbul" Freyre reytingda ikkinchi o'rinda borayotgan davogar Adam Borichga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq besh raund davom etdi va yakunda braziliyalik chempioni 48-47, 49-46, 50-45 hisobida g'alaba qozondi. Pitbul shu yilning aprel oyida Ey Jey MakKiga qarshi kechgan revansh jangida kamarini qaytarib olgandi.
Ey Jey MakKi aynan kechagi turnirda ham oktagonga ko'tarildi. U engil vazn toifasida debyut qildi va Spayk Karlaylni ochkolar (29-26, 30-26, 30-27) hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Qolgan natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, rossiyalik aralash yakkakurash ustalari Islam Mamedov va Xalid Murtazaliev navbatdagi g'alabalarini tantana qilishdi. Mamedov uch raund yakuniga ko'ra amerikalik Nik Braunni 30-27, 30-27, 30-27 hisoblarida engdi. Murtazaliev esa ikkinchi raundda AQSH sharafini himoya qilayotgan Xajimurat Bestaevni texnik nokautga uchratdi. Yana bir Rossiya vakili Vladimir Tokov esa Yangi Zelandiya jangchisi Jey Jey Uilsonga yutqazib qo'ydi.
Fikrlar