19 okt 11:48
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/47070_220.jpg)
Bellator chempioni: “Finalda Emelyanenkoni ortiqcha qiyinchiliksiz engaman”
Aralash qoidalar bo'yicha yarim og'ir vazn toifasida Bellator chempioni Beyder afsonaviy Fyodor Emelyanenkoga qarshi kechadigan final jangi oldidan o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
Bu ikki sportchi 26 yanvar kuni Bellator Gran-pri turnirining finala jangida o'zaro oktagonda to'qnash kelishadi.
“Men Fyodor ishtirok etgan Pride turniridagi janglarni zavq bilan tomosha qilardim. O'sha paytda menga “Sen Fyodor Emelyanenko bilan jang qilasan, deyishganida, ularga qarata, esingizni eganmisiz”, deb javob bergan bo'lardim.
Lekin u janglar o'tmishda qoldi. Gran-pri finalida men o'z ishimni qilaman. Yani oktagonga chempion sifatida chiqib, chempionlik kamari bilan ortimga qaytaman. Men Fyodorni mag'lub etishda qiyinchlikka duch kelmayman”, - dedi Bellator chempioni Beyder.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar