14 okt 09:02
Yangiliklar
Bellator. Emelyanenko 4 daqiqa 46 soniyalik jang o'tkazdi
Oqshomning markaziy jangida og'ir vazn toifasida o'tkazilayotgan Gran-pri turnirining ikkinchi finalchisi nomi malum bo'ldi. Unda rossiyalik afsonaviy Fyodor Emelyanenko amerikalik CHel Sonnenga qarshi oktagonga chiqdi.
Bahsning 4-daqiqa 46-soniyasi o'tib borayotgan bir pallada referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Bu vaqtga kelib Emelyanenko parter holatida ketma-ket zarbalar bilan CHelni “siylayotgandi”. Sonnen esa umuman qarshilik ko'rsata olmay qolgandi. Raqibini texnik nokautga uchratgan Fyodor Gran-pri turnirining finaliga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, bir kun avval o'tkazilgan Bellator turnirining ilk yarim final jangida Rayan Beyder ochkolar hisobiga ko'ra Mett Mitrionni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar