13 okt 11:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Bellator. Mitrionni mag'lub etgan Beyder ilk finalchiga aylandi
Bundan bir necha daqiqa avval AQSHda aralash qoidalar bo'yicha Bellator 207 shousi doirasidagi markaziy jang yakunlandi.
Og'ir vaznlilar o'rtasidagi Bellator turnirining ilk yarim finalidan o'rin olgan ushbu jangda Rayan Beyder va Mett Mitrion o'zaro to'qnash kelishdi. To'liq uch raund davom etgan bahs yakunida sezilarli ustunlikka ega bo'lgan Beyder g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.
Bugun Beyderning Gran-pri finalidagi raqibi aniqlanadi. Ikkinchi yarim final jangida rossiyalik mashhur sportchi Fyodor Emelyanenko amerikalik CHel Sonnen bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar