15 okt 17:09
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/46856_220.jpg)
"Bellator" prezidenti: "Emelyanenko barcha davrlarning eng yaxshi sportchisi"
"Bellator" promousheni prezidenti Skott Koker Fedor Emelyanenkoni jahon sporti tarixidagi eng yaxshi sportchilardan biri deb hisoblaydi.
"U nimanidir isbotlashi shart emas. Fedor o'ziga yoqqani uchun jang qilishda davom etmoqda. Turnir g'olibi bo'lish uchun unda kuchli istak bor. Agar buni amalga oshira olsa u uchun xursand bo'laman.
Fedor janglar uchun ko'p yilini bahsh etgan, buni barcha biladi. O'z vaqtida "Pride" qiroli bo'lgan. Keyin esa "Strikeforce"da jang qilgan. Endi esa u "Bellator"da. U barcha davrlarning eng yaxshi sportchisi ekanligini isbotlab bo'lgan", - dedi Koker.
Eslatib o'tamiz, Fedor Emelyanenko 26 yanvar kuni "Bellator" Gran-Prisi finalida Rayan Beyderga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar