19 may 15:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Benavides WBC kamarini rossiyalik bokschidan himoya qiladi
Professional boksning ikkinchi o'rta vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Devid Benavides (21-0, 17KO) ikkinchi himoya jangini o'tkazadi.
Meksikalik 21 yoshli engilmas jahon chempioni 28 iyul kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida ringga ko'tariladi. Uning raqibi rossiyalik 35 yoshli Matvey Korobov (28-1, 14KO) bo'ladi.
Bu Matvey uchun faoliyatidagi ikkinchi chempionlik jangi bo'ladi. Korobov 2014 yilning dekabr oyida o'rta vazn toifasida o'sha paytdagi WBO chempioni Endi Liga oltinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar