20 iyu 19:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Beterbiev - Bivol jangi shu yil oxirida o'tkazilishi mumkin
Yarimog'ir vazn toifasida WBC, IBF va WBO kamarlari sohibi Artur Beterbiev va WBA yo'nalishi chempioni Dmitriy Bivol o'rtasidagi jang shu yil oxirida Rossiyada o'tkazilishi mumkin.
Bu haqida Bivol bilan hamkorlik qiladigan RCC Boxing Promotion kompaniyasi rahbari German Titov gapirib berdi.
"Beterbiev ham, Bivol ham ushbu jangni istaydi. O'rtada mutlaq jahon chempionlik unvoni turadi - bu katta jang bo'ladi. Agar buni Rossiyada, Ekaterinburgda tashkil eta olsak, boks olamida ajoyib voqelik bo'lardik. Umid qilamanki, agar o'xshasa bu jangni yil oxirida tashkil etishimiz mumkin", - dedi Titov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar