08 avg 15:06
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
Bilasizmi? Rishod Sobirov kecha o'ziga xos natijani qayd etdi
Xabaringiz bor, dzyudochimiz Rishod Sobirov kecha bronza medali sohibiga aylandi.
Sport eksperti Alisher Nikimbaevning malum qilishicha, Sobirov uchta Olimpiada sovrinini qo'lga kiritgan beshinchi dzyudochiga aylanib oldi.
Bungacha, yaponiyalik Tadaxiro Nomura (uch karra olimpiada chempioni), gollandiyalik Mark Xoycinga (bitta oltin, ikkita bronza), franciyaliklar Anjelo Parizi (oltin, ikkita kumush, bronza) va David Duyyo (2 ta oltin, kumush)lar bunday natija qayd etganlar.
Biz sportchimiz Rishod Sobirovni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar