20 iyu 11:32
Yangiliklar
Billi Jin King kubogi. Terma jamoamiz avvaliga Indoneziya, keyin esa Mo'g'ulistonga yutqazdi
Osiyo-Okeaniya mintaqasi II guruh bahslarida ishtirok etayotgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi 4-6 o'rinlar uchun kechayotgan ikkinchi saralash guruhidagi har ikkala uchrashuvda ham mag'lubiyatga uchradi. Qizlarimiz avvaliga Indoneziyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bugun esa mo'g'ulistonlik tennischilar har ikkala yakkalik uchrashuvida qizlarimizga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Belgilangan juftlik bahsi bizni umumiy mag'lubiyatdan qutqarib qololmaydi.
Dastlab Zlata CHinnova Ujin Batsuhga 1/6, 6/7(2) hisobida yutqazdi. Keyin esa Sabrina Olimjonova Maralgu CHogsomjavdan 6/3, 2/6, 0/6 hisobi bilan engildi. Juftlik bahslarida SHahnoza Marimova/Maftunabonu Qahramonova tandemi mo'g'ulistonlik raqibalariga qarshi kortga chiqishi kerak.
Fikrlar