27 sen 09:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Billi Jo Sonders 100 000 funt sterling jarima to'laydi
Boksni nazorat qiluvchi Britaniya uyushmasi (BBBoC) o'rta vaznda WBO chempioni Billi Jo Sondersni 100 000 funt sterling miqdoridagi jarimaga tortdi.
Bunga Sondersning narkotik moddalar bilan bog'liq xatti-harakatlari sabab bo'lgan. Jahon chempionining shu holat bilan bog'liq holati tushirilgan video internet olamida tarqalib ketgandi.
“BBBoC Sondersni aybdor deb topdi va 100 000 funt sterling miqdoridagi jarimaga tortdi. SHunga o'xshash holat yana takrorlansa, jazo yanada jiddiylashadi”, - deyiladi BBBoC bayonotida.
Sondersdan undirilgan jarima puli bokschilik faoliyatini yakunlagan va ayni paytda moliyaviy tomondan og'ir ahvolga tushib qolganlarga taqdim etiladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar