So’nggi yangiliklar

23:26Ронда Роузи Дана Уайтга "вызов" ташлади 0 23:01ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди 0 22:26Махачев Шавкат Раҳмоновнинг дивизиондаги келажагини баҳолади 0 16:28Оксана Чусовитина Германиядаги Жаҳон кубогининг илк босқичида қатнашяпти 0 16:07Тошкент "Катта Дубулға" турнирида қатнашидиган дзюдочиларимиз таркиби маълум бўлди 0 15:40МЮ англиялик юлдуз учун катта пул тўлашга тайёр 0 15:19Тайсон Фьюри Маҳмудовдан кейингиси ким деган саволга жавоб берди 0 14:58Пётр Ян илк камар ҳимоясини қачон ўтказишини айтди 0 14:37Одилхон энди Грузияда жанг қилади (ПОСТЕР) 0 14:16"Марсель" янги мураббий тайинланганини эълон қилди 0 13:55Шон Стрикленд: "Хамзат Имавовни енгиб, яна 1,5 йил "уйқу"га кетади" 0 13:33Ислам Махачев: "Реваншга лойиқ бўлиш керак, у ҳали тайёр эмас" 0 13:04Даниил Ейбогнинг Олимпиададаги сўнгги стартидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:41"Реал Мадрид" 20 ёшли футболчи учун 100 миллион беришга тайёр 0 12:20Ислам Махачев энди элчи (ФОТО) 0

06 noy 17:45
Yangiliklar

Tennis

Bir nechta rekordlarni takrorlagan Svyontek mavsumni reyting peshqadami sifatida yakunlashi mumkin

Dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan Iga Svyontek Meksikaning Kankun shahrida o'tkazilayotgan WTA Yakuniy turnirining finaliga yo'l olgan edi.

Bu bilan polshalik tennis malikasi bir nechta rekordlarni takrorlashga muvaffaq bo'ldi. U 1/2 finalda dunyoning birinchi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenkoni mag'lubiyatga uchratdi. Bu Iganing mavsumdagi 67-g'alabasi bo'ldi. Agar u finalda ham zafar quchsa, o'ziga tegishli bo'lib turgan o'tgan yilgi rekordni yangilaydi. 

Bundan tashqari, Svyontek final yo'lida 19 ta geymni (14 ta guruh bosqichida, 5 ta 1/2 finalda) boy berdi. Bu bilan u belgiyalik Jyustin Enenning 2007 yildagi natijasini takrorladi. 

Iga Svyontek faoliyatida ilk bor dunyoning amaldagi birinchi raketkasini mag'lubiyatga uchrata oldi. SHu kungacha u ikki bor avstraliyalik Eshli Bartiga yutqazgandi. Bartidan keyin o'zi sayyoramizning birinchi raqamli tennischisiga aylangan polshalik 2023 yilning sentyabrigacha reyting peshqalamligini o'zida saqlab turdi.

Agar Iga Kankunda WTA Yakuniy turniri chempionligini qo'lga kiritsa, u holda mavsumni jahonning birinchi raketkasi sifatida yakunlaydi. Aks holda Arina Sobolenko birinchi raketka sifatida qoladi. Svyontek bosh sovrin uchun kechadigan final uchrashuvida amerikalik Jessika Pegulaga qarshi kortga chiqadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing