19 sen 11:47
Yangiliklar

Bivolning menejeri Kaneloga qarshi revansh jangi qachon bo'lishini malum qildi
"Afsuski, Gennadiy bu safar buni uddalay olmadi. Yoshi oz bo'lsa-da, o'z zarariga ishladi. Dmitriyning Kaneloga qarshi revansh jangi dolzarb mavzu. Ammo, endi bizning vazifamiz 5 noyabr kuni Adu-Dabida Xilberto Ramiresga qarshi jang qilish.
Kanelo bilan revansh jangi haqida gapiradigan bo'lsak, u jangdan so'ng qo'lidan jarohat olgani haqida aytgan. SHu sabab revansh jangi kelasi yilning ikkinchi choragida bo'lishi mumkin", - dedi Kornilov Match TV telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, yakshanba tongida Las-Vegasda bo'lib o'tgan boks oqshomida Alvares 40 yoshli qozog'istonlik Gennadiy Golovkinga qarshi trilogiya jangini o'tkazdi. May oyida Saul faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini Dimitriy Bivoldan qabul qilib olgandi. O'sha jang shartnomasiga ko'ra revansh jangi varianti ham bor edi. Golovkinni mag'lub etganidan so'ng, Kanelo yana revansh jangi haqida gapirdi.
Fikrlar