24 iyu 11:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Bogdan Guskov: "Bu narsalarning hech biri men uchun yangilik emas"
Yarim og'ir vazn toifasida UFC reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan o'zbekistonlik Bogdan Guskov navbatdagi jangi oldidan fikr bildirdi.
Hamyurtimiz ertaga Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 282 turnirining markaziy bellashuvida rossiyalik sobiq chempion Magomed Ankalaev bilan to'qnash keladi.
"Faoliyatimga nazar tashlasak, ayniqsa, UFC'dagi janglarimga, menda hammasi yuqoriga ko'tarilib kelyapti. Barcha yigitlar doim top o'rinlarda edi. Bu bo'yicha menga hech narsa yangilik emas. Har bir jangimda anderdog edim. Lekin bu men uchun ahamiyatsiz", deydi Bogdan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar