25 iyu 11:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Bogdan Guskov: "Men Ankalaevga muxlislik qilganman"
O'zbekistonlik UFC top jangchisi Bogdan Guskov bo'lajak raqibi Magomed Ankalaev haqida gapirdi.
"Men Ankalaevning avvalgi janglarida chin dildan unga muxlislik qilganman. Jangimizdan keyin ham unga muxlislik qilishda davom etaman, xuddi Nikita Krilovni qo'llab-quvvatlaganim kabi. Bunday janglarda raqibni ayamay urish istagim bo'lmaydi. Men shunchaki oldinga harakat qilishim kerakligini tushunaman, Magomed esa yo'limdagi navbatdagi to'siq", deya o'z fikrini bildirdi Bogdan.
Jang bugun Abu-Dabidagi "Etixad Arena"da bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar