29 iyu 13:28
Yangiliklar
Bogdan Guskovning qiyofadoshi AQSHda uchta jinoyat moddasi bo'yicha hibsga olindi
Bu haqda TMZ Sports va ESPN xabar bermoqda.
38 yoshli jangchi 27 iyul, dushanba kuni kechqurun mahalliy okrug qamoqxonasiga joylashtirildi. Unga terrorchilik tahdidi qilish, birinchi darajali noqonuniy ravishda erkinlikdan mahrum qilish hamda og'ir tan jarohatiga sabab bo'lgan oilaviy zo'ravonlik ayblovlari qo'yilgan.
Hibsga olinishiga sabab bo'lgan voqea tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan.
Oilaviy zo'ravonlik moddasi bo'yicha Smitga 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin. Qolgan ikki modda bo'yicha esa har biri uchun 3 yilgacha qamoq jazosi ko'zda tutilgan.
Entoni Smit faoliyati davomida MMAda 61 ta jang o'tkazib, 39 ta g'alaba va 22 ta mag'lubiyat qayd etgan. U 2019 yilda yarim og'ir vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun Jon Jonsga qarshi jang qilib, hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub bo'lgan.

Fikrlar