So’nggi yangiliklar

19:23Арбелоанинг муваффақият сири: Гвардиола, Моуриньо ва Симеоне устидан ғалабалар ҳақида 0 19:02Дана Уайт: "Бу ахлат билан шуғулланадиган бошқа одамлар бор, мен эмас!" 0 18:41"Абсурд" — Ренато Мойкано Евлоев - Мёрфи жанги натижасини танқид қилди 0 18:20"Қайтиш истагим йўқ эди". Фьюри Маҳмудов билан бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 17:59"МЮ чемпионлик учун курашарди!" — Майкл Оуэн Кэррикнинг ишига юқори баҳо берди 0 17:38Евлоев Волкановскига жавоб берди: "Сени енгиш учун менга кураш керак эмас!" 0 17:17Холлоуэй Макгрегор билан иккинчи жангни хоҳламоқда 0 16:56Лерон Мёрфи Диего Лопесга "вызов" ташлади 0 16:35"Бир вақтнинг ўзида "Атлетико"ни ҳам бошқараман!" — Клопп "Реал" ҳақидаги миш-мишларга кескин жавоб берди 0 16:14Алекс Волкановски Евлоевга қарши эҳтимолий жанг муддатини айтди 0 15:53Жон Жонс: "Россия янги ўғил асраб олди" 0 15:32Дана Уайт Жон Жонснинг янги баёнотига кескин жавоб қайтарди 0 15:11Гвардиола Европанинг энг кучли уч жамоасини айтди: "Арсенал" ҳам рўйхатда! 0 14:5019 ёшли аёл боксчи нокаутдан сўнг сунъий комага ўтказилди 0 14:29Мовсар Евлоев Волкановски билан UFC чемпионлик жанги учун қачон тайёр бўлишини айтди 0

28 noy 19:05
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks bo'yicha 2023 yilgi O'zbekiston chempionati yakunlandi (Barcha natijalar)

Bugun Toshkent shahridagi "Universal" sport saroyida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining final bellashuvlari o'tkazildi.

Kun davomida erkaklar o'rtasida 13 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.


Erkaklar o'rtasidagi bellashuvlarning g'olib va sovrindorlari:

-48 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev (Farg'ona 1) - Avazjon Yo'ldoshev (Farg'ona 2), (Hakamlarning yakdil qarori bilan) 

-51 kg: Asilbek Jalilov (Buxoro) - Muhammadqodir Mamirjonov (JTSU), (Hakamlar qarori bilan) 

-54 kg: SHahzod Muzaffarov (Buxoro) - Foziljon Abdumurodov (Jizzax), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

-57 kg: Miraziz Mirzahalilov (Farg'ona 1) - Xudoynazar Fayzov (Toshkent viloyati), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)  

-60 kg: Dilshod Abdumurodov (Surxondaryo) - Asadbek Rajabov (Yoshlar TJ), (Hakamlar qarori bilan) 

-63,5 kg: Ruslan Abdullaev (Toshkent viloyati) - Mujibillo Tursunov (Andijon 1), (Hakamlarning yakdil qarori bilan) 

-67 kg: Kamronbek Turg'unboev (Toshkent) - SHavkatjon Boltaev (Yoshlar TJ), (Raqib jangga chiqmadi) 

-71 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev (Farg'ona 1) - Havasbek Asadullaev (Andijon 2), (Raqib jangga chiqmadi)

-75 kg: Aloxon Abdullaev (Namangan) - Javohir Ummataliev (Yoshlar TJ), (Hakamlar qarori bilan) 

-80 kg: To'rabek Xabibullaev (Toshkent viloyati) - Jasurbek Yo'ldoshev (ROPZM), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)  

-86 kg: SHohjahon Abdullaev (ROPZM) - Samandar Jalolov (Toshkent), (Abdullaevning burchagi 2-raundda jangni davom ettirmadi) 

-92 kg: Lazizbek Mullojonov (Farg'ona 1) - Madiyar Saidrahimov (Toshkent viloyati), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

+92 kg: Jahongir Zokirov (Jizzax) - Abdurahim Jo'raev (Toshkent), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).


-------------------------------------------------------------

19:01. Eng og'ir vazn toifasida o'tkazilgan final jangida jizzaxlik Jahongir Zokirov Toshkent vakili Abdurahim Jo'raevni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi va O'zbekiston chempionati g'olibiga aylandi.


18:45. Lazizbek Mullojonov va Madiyar Saidrahimov o'rtasidagi jang to'liq davom etdi. Jangda Mullojonov hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida g'alaba qozondi va O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi.


18:29. Navbatdagi jangda SHohjahon Abdullaev burchagi 2-raundda jangni davom ettirishni istamagani sababli, Samanjar Jalolov O'zbekiston chempioni unvoniga ega bo'ldi.


18:15. Navbatdagi jang ham yakunlandi. Unda Toshkent viloyati bokschisi To'rabek Xabibullaev ROPZM talabasi Jasurbek Yo'ldoshevga qarshi ringga chiqdi va hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida g'alaba qozonib, O'zbekiston chempioniga aylandi.


18:02. O'zbekiston chempionati doirasida navbatdagi jang - 80 kg vazn toifasida Toshkent viloyati vakili To'rabek Xabibullaev hamda ROPZM talabasi Jasurbek Yo'ldoshev o'rtasida kechadi.


17:58. -75 kg vazn toifasidagi final jangida Aloxon Abdullaev Javohir Ummataliev bilan bahs olib bordi va hakamlar qarori bilan 3:2 hisobida g'alaba qozonib, O'zbekiston chempionati g'olibiga aylandi.


17:45. -71 kg vazn toifasida ham shunday holat sodir bo'lmoqda. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev jarohat sabab ringga chiqmadi, Havasbek Asadullaev chempion deb elon qilindi.


17:44. -67 kg vazn toifasidagi final jangida Yoshlar terma jamoasi azosi SHavkatjon Boltaev ringga chiqmagani sababli, Toshkent vakili Kamronbek Turg'unboev g'olib deb elon qilindi.


17:40. Ruslan Abdullaev - Mujibillo Tursunov jangi to'liq davom etdi. Jangda Ruslan Abdullaev hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi va O'zbekiston chempioniga aylandi!


17:29. O'zbekiston chempionatida eng kutilgan jang - Ruslan Abdullaev va Mujibillo Tursunov to'qnashuvi start oldi.


17:23. Dilshod Abdumurodov hamda Asadbek Rajabov o'rtasida o'tkazilgan -60 kg vazn toifasining final bellashuvida surxondaryolik Dilshod Abdumurodov hakamlar qarori bilan 4:1 hisobida g'alaba qozondi va o'tgan yilgi chempionligini munosib himoya qildi.


17:10. Keyingi jang - 60 kg vazn toifasida surxondaryolik Dilshod Abdumurodov hamda Yoshlar terma jamoasi azosi Asadbek Rajabov o'rtasida kechadi.


17:06. O'zbekiston chempionatida navbatdagi final jangi yakunlandi. -57 kg vazn toifasida o'tkazilgan jangda farg'onalik Miraziz Mirzahalilov Toshkent viloyati vakili Xudoynazar Fayzovni engib, o'z chempionligini saqlab qoldi.


16:48. Jang to'liq davom etdi. Unda SHahzod Muzaffarov hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi va O'zbekiston chempioniga aylandi!


16:35. Navbatdagi jang -54 kg vazn toifasida buxorolik SHahzod Muzaffarov hamda Jizzax vakili Fozil Abdumurodov o'rtasida kechadi. Malumot uchun, Muzaffarov ushbu vaznning amaldagi chempioni hisoblanadi.


16:31. Jang yakunlandi. Asilbek Jalilov hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra, 5:0 hisobi bilan Muhammadqodir Mamirjonovni mag'lubiyatga uchratdi va O'zbekiston chempioni unvoniga sazovor bo'ldi.


16:20. Bizda kunning ikkinchi finali start olmoqda. -51 kg vazn toifasida buxorolik amaldagi chempion Asilbek Jalilov Jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Muhammadqodir Mamirjonovga qarshi jang qiladi.


16:15. Ikki farg'onaliklar qarama-qarshiligida SHodiyor Meliqo'ziev hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi va -48 kg vazn toifasida 2023 yilgi O'zbekiston chempionati g'olibiga aylandi.


16:01. Oqshomning ilk jangi start olmoqda. Unda SHodiyorjon Meliqo'ziev hamda Avazjon Yo'ldoshev -48 kg vazn chempionligi uchun bahs olib boradi.


15:50. Assalomu alaykum qadrli boks muxlislari! Bugun boks bo'yicha kattalar o'rtasida 2023 yilgi O'zbekiston chempionatining hal qiluvchi, final bellashuvlari o'tkazilmoqda. Janglarni "Sport" telekanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing