21 dek 15:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks olamida navbatdagi dahshatli jangni tashkil etish uchun muzokara boshlandi
Yarimo'rta vazn toifasida WBC kamari sohibi Devin Xeyni va Rayan Garsiya vakillari o'zaro jang uchun muzokaralarni boshlab yuborishdi.
Avvalroq bokschilar ijtimoiy tarmoqda o'zaro jang qilishga kelishib olishgandi.
Eslatib o'tamiz, Rayan Garsiya 2 dekabr kuni Oskar Duarteni sakkizinchi raundda nokaut qilishga erishgandi. Xeyni esa engil vazndagi mutlaq jahon chempionligidan so'ng 9 dekabr kuni yarimo'rta vaznda debyut qilib, WBC kamari sohibi Redjis Progreysga tegishli bo'lgan kamarni tortib olgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar