27 noy 13:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks. O'smirlar o'rtasidagi JCHning kechagi kunida ringga chiqqan bokschimiz qozoq raqibasidan ustun keldi, bugun 4 nafar vakilimizga muxlislik qilamiz
Armaniston poytaxti Erevanda boks bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning kechagi kuni doirasida faqat bir bokschimiz jang qildi va g'alaba qozondi:
-46 kg: Maftuna Musurmonova — Ayim Tankibaeva (Qozog'iston) 5:0
Bugun esa mundialda 4 nafar bokschimizga muxlislik qilamiz:
-50 kg: Husan Qahhorov – Aldiyar Bahadur (Qozog'iston)
-54 kg: SHahbozbek Ergashev – Vaxan Galstyan (Armaniston)
-60 kg: Feruzjon Sadullaev – Mirei Gurra (Albaniya)
-75 kg: Ruslan Esanov – Ivan Nekich (Xorvatiya).
Janglar Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar