26 iyu 06:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz Quvaytdagi musobaqada 5 ta oltin medalga sazovor bo'lishdi, umumjamoa hisobida birinchimiz!
Quvaytning Al-Quvayt shahrida boks bo'yicha "1-xalqaro musobaqa" o'z yakuniga etdi.
Avvalroq xabar berganimizdek, ushbu musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishdi va umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Bokschilarimiz musobaqa yakuniga ko'ra, 5 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'ldilar.
Terma jamoamiz safida Abdumajid Mannopov, Abdumalik Xalakov, Javlonbek Yo'ldoshev, Dilshodbek Ro'zmetov va Diyor O'ralov oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Lazizbek Fattoev bronza bilan yurtimizga qaytadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar