03 avg 10:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschimiz Sanjarbek Rahmonov prof ringdagi navbatdagi jangini o'tkazadi
Professonal boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Sanjarbek Rahmonov bugun o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
Bokschimizga ushbu to'qnashuvda amerikalik Markus Taylor raqiblik qiladi. Sakkiz raundga mo'ljallangan jang Las-Vegas shahridagi "Sam's Town Hotel & Gambling Hall"da o'tkaziladi.
Malumot uchun, Rahmonov professional faoliyati davomida 11ta jang o'tkazib, ularning 10tasida g'alabaga erishgan (5tasi nokaut bilan). Bitta to'qnashuvda esa durang qayd etgan. Taylor esa prof ringda 10 marotaba jang o'tkazgan va ularning 9tasida g'alaba nashidasini surgan. Bittasida esa mag'lub bo'lgan.
Jang 3 avgustda, Toshkent vaqti bilan esa ertaga tongda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar