30 jan 09:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschimiz tarozidan o'tdi, u ertaga AQSHda prof ringdagi debyut jangini o'tkazadi + FOTO
Iqtidorli bokschimiz Kozimbek Mardonov ertaga prof boksda o'z debyut jangini o'tkazadi.
Mayamida o'tkaziladigan jangda hamyurtimizga argentinalik tajribali bokschi Marselo Ruben Molina raqiblik qiladi. Jang ikkinchi o'rta vazn toifasida tashkil etiladi va 4 raundga mo'ljallanadi.
24 yoshli bokschimiz debyut oldidan taroziga chiqdi va 75,8 kg tosh bosdi.
Malumot uchun, 28 yoshli Molina shu kungacha prof boksda 42 ta jang o'tkazgan va ularning 23 tasida g'alaba qozongan (19 ta nokaut). 18 ta jangda mag'lubiyatga uchragan (15 ta nokaut). 1 marotaba durang qayd etgan.
Olamsport.com sayti debyut oldidan bokschimizga omad tilaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar