17 sen 17:50
Yangiliklar
Bokuda gimnastikachilarimiz JCHdagi ishtirokni boshlashdi
Tokio Olimpiadasiga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma beruvchi mazkur musobaqada terma jamomiz vakillari ham yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda. Musobaqaning ko'pkurash yo'nalishida Sabina Tashkenbaeva, Ekaterina Fetisova hamda Nurinisso Usmonova o'z chiqishini namoyish etsa, guruh bellashuvlarida Nilufar SHomurodova, Dinara Ravshanbekova, Sofiyabonu Kasimova, Kamola Irnazarova, Kseniya Aleksandrova hamda Sevara Safoeva ishtirok etadi.
Reglamentga ko'ra, yakkalik bahsida kuchli 16 talikka kirgan ishtirokchilar kelasi yili Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishlari mumkin. Guruh yo'nalishida esa eng kuchli besh jamoa o'zlari uchun Tokio yo'llanmasini naqd qilib qo'yadi.
Fikrlar