So’nggi yangiliklar

07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0

23 okt 13:27
Yangiliklar

Velosport

Bosh vazir o'rinbosari poytaxtimizda veloyo'laklar barpo etish yuzasidan masullarga topshiriqlar berdi

So'nggi yillarda hukumatimiz tomonidan xalqimizning sog'lig'ini mustahkamlashga alohida etibor berilmoqda va bu yo'lda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida ommaviy sport tadbirlari muntazam o'tkazib kelinmoqda. Bu esa ayniqsa katta yoshli insonlarda qon aylanishining yaxshilanishi, pirovardida ularning salomatligi mustahkamlanishi va kelajakka bo'lgan ishonchini yanada ortishiga xizmat qiladi.

Hozirda keng jamoatchilik muhokamasiga qo'yilgan «Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident qarori loyihasi ham shu yo'ldagi say-harakatlarning mantiqiy davomi, deyish mumkin.

O'zbekiston fuqarolarining salomatligini mustahkamlash yo'lida qilinayotgan ezgu ishlardan yana biri – shahar ko'chalarida piyoda yurish hamda velosipedda harakatlanish uchun maxsus yo'lakchalarning yaratilayotganligidir. Bu jihatga ayni paytda keng jamoatchilik tomonidan qizg'in muhokama qilinayotgan Prezident qarori loyihasida ham alohida to'xtalib o'tilgan.

Kecha O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.Abduhakimov bu borada poytaxtimizda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bosh vazir o'rinbosariga Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari A.Karimov va boshqa mutasaddilar hamrohlik qilishdi.

Dastlab Aziz Abduqahhorovich bu borada poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida mutasaddilar hamrohligida velosipedda tumanda amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi. O'rganishlar davomida masullarga tegishli topshiriqlar berildi.

– Mirzo Ulug'bek tumanida tashkil etilgan piyoda yurish va velo yo'lakchalar tajriba sifatida joriy etilmoqda. Bundan tashqari bu ezgu ishlar Yunusobod tumanida ham davom ettiriladi va asta-sekinlik bilan respublikamizning barcha hududlarida yo'lga qo'yiladi. Bu ishlarni amalga oshirishda xalqaro ekspertlarni ham jalb qilgan holda veloyo'lak hamda piyodalar yurishi uchun mo'ljallangan yo'laklar foydalanishga topshiriladi. Bu qilinayotgan ishlar shahrimiz aholisi va chet el fuqarolariga ham ancha qulayliklar yaratadi. Eng asosiysi, poytaxtimiz aholisi va mehmonlarga sport bilan shug'ullanishi, jismoniy tarbiyaga oshno bo'lishlariga imkoniyat va zamin yaratib beriladi. Hozirgi paytda keng jamoatchilik tomonidan qizg'in muhokama qilinayotgan ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan yangi qaror loyihasiga ko'ra muntazam piyoda yurganlarga imtiyoz sifatida moliyaviy mablag'lar berilishi ham ko'zda tutilgan. Yani, bir sutkada kamida 10 000 qadam va undan ko'p piyoda yurgan insonlarning «Sog'lom turmush tarzi» platformasidagi elektron hamyoniga 3 000 so'm miqdorida o'tkazib beriladi. Tabiiyki, bu barchani ko'proq piyoda yurishga undaydi, degan umiddamiz, - dedi Aziz Abduhakimov.

SHundan so'ng O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.Abduhakimov Toshkentning yana bir tumani Sergeliga ham tashrif buyurdi. Dastlab Sergeli tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida bo'lib, bu erda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda kelgusi rejalar bilan tanishdi.

SHuningdek, Sergeli tumanini mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo'yicha namunaviy hududga aylantirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

SHuni alohida takidlash kerak, yurtimiz aholisi orasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish koncepciyasiga muvofiq, mamlakatimizning Qo'qon shahri, Sergeli, Nurota hamda Amudaryo tumanlari namunaviy hududga aylantiriladi va bu erda joriy etilgan sog'lomlashtirish tajribasi keyinchalik butun respublikamiz bo'ylab keng joriy etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing