So’nggi yangiliklar

19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0 14:51Баҳодир Аҳмедов - Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи! 0 14:09Ўзбекистон делегациясининг IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечта спорт турида неча нафар спортчи билан қатнашиши тасдиқланди 0 13:24Жаҳон чемпионатида биринчи бўлган боксчиларимиз кутиб олинди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:36WTA 500. Камилла Раҳимова Токиода 1/2 финалга чиқди 0 11:57"Ал Насср" "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан 5 та гол урди, Роналдудан хет-трик! + ВИДЕО 0 11:22"Президент Олимпиадаси". 14 ҳудудий жамоанинг барида медаль! + ФОТОРЕПОРТАЖ 0

15 sen 12:05
Yangiliklar

Boks/MMA

"Bu menga vada qilingan jang edi". Bektemir Meliqo'ziev chempionlik jangini so'ramoqda

Professional bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev The Ring jurnaliga bergan intervyusida chempionlik jangi berilmayotganidan noroziligini aytdi.

"WBA nima uchun o'z qoidalariga amal qilmayotganini tushunmayman. Rasman tasdiqlangan majburiy davogar bor va chempion unga qarshi o'z unvonini himoya qilishi shart.

Mendan Munguiaga mendan oldin chempionlik uchun jang qilishga ruxsat berishimni so'rashgandi, ammo keyingi navbat albatta meniki bo'lishi aytilgan edi. Kanelo Alvares qoidalarga amal qilmasa ham bo'lishini tushunaman, ammo endi Kanelo bilan bir jamoadagi bokschilar ham shunday imtiyozlarga ega bo'ladimi?

Bu holat qayta-qayta takrorlanmoqda. Ular o'z qoidalarini o'zlari buzmoqda. Biz esa doim qoidalarga amal qilamiz. Ana shu qoidalar asosida reytinglarda yuqoriga ko'tarilamiz. Ammo nihoyat mehnatimiz samarasi bo'lgan imkoniyatga etib kelganimizda, o'sha qoidalarga hurmat ko'rsatilmaydi.

Men majburiy davogar maqomini ringda qo'lga kiritdim. Bu jang menga vada qilingan edi. WBA ham, Golden Boy ham menga shu imkoniyatni kafolatlagan.

Hozir mantiqan eng to'g'ri jang — bu men va Mungia o'rtasidagi jang. Bu raqobatbardosh bahs bo'ladi va ko'plab mutaxassislar hatto Mungiani favorit deb hisoblashmoqda. U men bilan jang qilishi shart. Mendan oldin hech kim bo'lmasligi kerak.

Uslub jihatidan ham bu jang haqiqiy urush bo'lishiga ishonaman. Mungia jang qilishni yaxshi ko'radi, men ham shundayman. Bu ajoyib jang bo'ladi. Bu kafolatlangan urush va 31 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida o'tishi rejalashtirilgan Kanelo — Kristian Mbilli kechasining eng yaxshi co-main event jangi bo'lardi. Bir kechaning o'zida ikki shiddatli va ikki ajoyib jang bo'lar edi.

Albatta, men Mungiani mag'lub etish uchun etarli imkoniyat va mahoratga egaman deb hisoblayman. U ajoyib bokschi. Har doim oldinga intiladi va ringga chiqqan har safar haqiqiy jang ko'rsatadi. Ammo men ham aynan shundayman.

Menimcha, ular mening mavjudligimni shunchaki etiborsiz qoldirishmoqda. Majburiy chempionlik jangimni kutayotganim uchun boshqa jangda o'z maqomimni xavf ostiga qo'ymasligim kerak. Ammo qaysi maqom haqida gap ketyapti?

Boshqa barcha bokschilarni hurmat qilaman, ammo hozir navbat meniki. Bu mening imkoniyatim. Men bu imkoniyatni halol mehnatim bilan qo'lga kiritganman", - dedi Meliqo'ziev RingMagazine jurnaliga bergan intervyusida. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing