14 noy 13:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Mashrabjon Ro'ziboev jang qiladi
Bugun MMAchimiz Mashrabjon Ro'ziboev navbatdagi jangini o'tkazadi.
Mashrabjon Ro'ziboev(15, 11-3-1) Octagon 25 turnirining asosiy kardida jang qiladi. Qozog'istonning Almati shahrida tashkil etilayotgan mazkur raqamli turnirda hamyurtimizga ukrainalik Konstantin Linnik (47, 27-20)raqiblik qiladi.
Ro'ziboevning so'ngi jangi Moskvada Aleksandr Jarkinga qarshi bo'lib o'tgan edi. Uchrashuvda Mashrabjon texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
SHuningdek, Octagon 25 turnirida yana bir hamyurtimiz - Abdulaziz Sotvoldiev ham oktagonga ko'tariladi. Sotvoldiev asosiy kardda mezbon - Erkebulan Toktar bilan to'qnashadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar