25 iyu 14:11
Yangiliklar
Bugun o'zbek bokschilari Qitalar jangi finalida ringga ko'tarilishadi
Yurtdoshlarimiz harakat qilayotgan Osiyo terma jamoasi bugun musobaqa g'olibligi uchun mezbon Rossiya terma jamoasi azolariga qarshi bahs olib borishadi. Ravshan Xodjaev boshchiligidagi Osiyo terma jamoasi vakillari bungacha saralash bahslarida ham Rossiyaga qarshi jang qilishgan va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishgandi. Saralash doirasidagi janglarda shuningdek Afrika va Amerika jamoalari 5:0 hisobida mag'lub etilgan.
Bugun kechasi soat 01:00da boshlanadigan jang oqshomida quyidagi juftliklar o'zaro to'qnash keladi.
-63 kg: Aleksandr Devyatov — Bahodur Usmonov (Tojikiston)
-68 kg: Xariton Agrba — BoboUsmon Baturov (O'zbekiston)
-75 kg: Pavel Sosulin — Saparbay Aidarov (Qozog'iston)
- 80 kg: Pavel Silyagin — Odiljon Aslonov (O'zbekiston)
- 92 kg: Muslim Gadjimagomedov — Madiyar Saidrahimov (O'zbekiston).
Janglarni tomosha qilish uchun havolalar:
Fikrlar