05 iyu 15:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun professional bokschimiz Rossiyada o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi
Bugun professional boksda faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Ulug'bek Xolov Janubiy Osetiyaning Cxinval shahrida o'zining prof ringdagi ettinchi jangini o'tkazadi.
Ushbu bahsda hamyurtimizga rossiyalik Soslan Tedeev raqiblik qiladi.
Malumot uchun, 28 yoshli Ulug'bek shu kungacha professional boksda 6ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan (3ta nokaut). Rossiyalik 22 yoshli charm qo'lqop ustasi esa bungacha 18 marotaba ringga ko'tarilib, ularning 17 tasida raqiblarini mag'lubiyatga uchrata olgan (11ta nokaut). Bitta jangda esa u imkoniyatni boy berib qo'ygan. Tomonlar o'rtasidagi bahs engil vazn toifasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar