09 iyu 07:03
Yangiliklar
Boks/MMA
"Buyuk kelajak!". Rossiya matbuoti Bahodir Jalolov haqida fikr bildirdi
Rossiyaning Youtube'dagi “neKARAte” kanali hamyurtimiz Bahodir Jalolov (10-0, 10 KO) haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jalolov kelajagi buyuk bokschi! Buni tasavvur ham qila olmayman. Olimpiada va jahon chempioni, to'rt karra Osiyo chempionati g'olibi. Bu yigit ajoyib bokschi, zarbalari aniq. Bir so'z bilan aytganda, undan qiziqarli janglar kutib qolamiz", – dedi “neKARAte” kanali muallifi.
Eslatib o'tamiz, Bahodir Jalolov 10 iyun kuni AQSHning Nyu-York shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida belgiyalik Jek Mulovayiga (11-2-1, 7 KO) qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, havaskorlar o'rtasida Jalolov 2020 yili Tokiodagi Olimpiya o'yinlarida va 2019 yili Ekaterinburgdagi jahon chempionatida oltin medallarni ko'lga kiritgan.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar