06 okt 09:09
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaevning jamoasi Xamzatni harbiy safarbarlik tufayli Rossiyani tark eta olmasligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
"TASS" nashrining xabar berishicha, UFC jangchisi Xamzat CHimaev Rossiya Federaciyasini tark etishda hujjatlar bilan hech qanday muammosi yo'q.
Avvalroq, Braziliyaning "Combate" nashri Xamzat harbiy safarbarlik tufayli Rossiyadan chiqib keta olmasligi haqida xabar bergandi.
"Ular Xamzat Rossiyadan uchib keta olmaydi deb xabar beribdi. Bu yolg'on. Uning hujjatlarida va boshqa ishlar bo'yicha hech qanday muammosi yo'q", — dedi Xamzatning vakili.
Eslatib o'tamiz, CHimaev so'nggi jangida amerikalik Kevin Xollandni birinchi raunddayoq mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar