06 okt 13:12
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaevning menejeri Xamzatning Rossiyani tark eta olmasligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi
Maxdi SHammas Xamzat CHimaevning pasporti olib qo'yilgani, Rossiya hududini tark eta olmasligi to'g'risidagi mish-mishlarga izoh berdi.
Bu haqda jurnalist Brett Okamoto xabar bermoqda.
Menejer SHammasning so'zlariga ko'ra, CHimaev haqiqatan ham ayni damda Rossiya hududida, biroq unda mamlakatni tark etish bilan bog'liq hech qanday muammo yo'q.
Xamzat CHimaev so'nggi bor 12 sentyabr kuni Kevin Xolland bilan jang qilib, g'alaba qozongan edi.
Avvalroq, Bo Nikal Xamzat CHimaevni jangga chorlagan edi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar